Neymar JÇning ikkinçi öyinini ham ötkazib yuboradi
Braziliya terma jamoasi hujumçisi Neymar Gaitiga qarşi Jahon çempionati uçraşuvini ham ötkazib yuboradi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
“Santos” klubi futbolçisi 2026 yilgi Jahon çempionatidagi dastlabki öyinda ham maydonga tuşmagan edi. Öşa bahsda Braziliya terma jamoasi Marokaş bilan 1:1 hisobida durang öynagan.
34 yoşli futbolçi jarohatidan tiklaniş jarayonini tezlaştirişga harakat qilgan bölsa-da, u hali töliq tayyor holatga kelmagan. Şu sababli Neymar “D” guruhidan örin olgan Gaitiga qarşi uçraşuvda iştirok etmaydi.
Keça, 18 iyun kuni Braziliya futbol konfederatsiyasi Neymar jamoa bilan birga Filadelfiyaga yöl olmasligini tasdiqladi. Futbolçi Nyu-Jersida qolib, Kolumbiya Park öquv markazida individual maşğulotlarni davom ettiradi.
Malumot uçun, Braziliya va Gaiti terma jamoalari örtasidagi bahs ertaga, 20 iyun kuni bölib ötadi.