USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Janubiy Koreyani kuzatayotgan dron urib tuşirildi

136 марта
Жанубий Кореяни кузатаётган дрон уриб туширилди

Meksika harbiylari Janubiy Koreya milliy terma jamoasining maşğuloti ötkazilayotgan sport majmuasi ustida uçgan dronni urib tuşirdi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.

Malum qilinişiça, Janubiy Koreya terma jamoasi Meksikaga qarşi uçraşuv oldidan Sapopan şahrida yopiq maşğulot ötkazgan. Qiziş maşqlari vaqtida jamoa xavfsizlik xizmati xodimi maydon ustida uçib yurgan dronni payqagan va bu haqda Meksika harbiylariga xabar bergan. Şundan söng, harbiylar dronni urib tuşirgan.

Janubiy Koreya futbol assotsiatsiyasining malumotiga köra, dronni boşqargan bölişi mumkin bölgan ikki nafar şaxs qurilmani olib, huquqni muhofaza qiluvçi organlar yetib kelguniga qadar voqea joyini tark etgan. Assotsiatsiya mahalliy politsiyadan hodisa yuzasidan tekşiruv ötkazişni söragan.

“Keça maşğulotlarimiz vaqtida dron bilan boğliq voqea haqida xabar topdim. Yaxşiyamki, bu taktik maşqlarni boşlaşimizdan oldin sodir böldi va tayyorgarligimizga jiddiy tasir körsatmadi”, deydi Janubiy Koreya terma jamoasi boş murabbiyi Xon Myon Bo.

Şu bilan birga, mutaxassis bunday holat muhim öyin oldidan tayyorgarlik jarayonida yuz berganidan afsusda ekanini takidladi. Meksika rasmiylarining xabar berişiça, sönggi kunlarda stadionlar va terma jamoalar joylaşgan hududlar yaqinidagi taqiqlangan hududlarga kirişga uringan bir neçta dronlar urib tuşirilgan. Bunday holatlar kamida 3 ta turli şaharlarda qayd etilgan.

Malumot uçun, Meksika va Janubiy Koreya terma jamoalari örtasidagi uçraşuv bugun, 19 iyun kuni Sapopan şahrida bölib ötdi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida ğalaba qozondi.

 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: