Argentinalik teleboşlovçi Messining otasi vafot etganini aytdi
Argentinalik aktrisa va teleboşlovçi Florensiya Penya Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messining otasi Xorxe Messining vafoti etganini aytdi. Bu haqda u jonli efir paytida malum qildi.
Biroq oradan köp ötmay, bu malumot haqiqatga töğri kelmasligi aniqlandi. Şundan söng, teleboşlovçi Messining oilasidan uzr sörab, xatosi uçun masuliyatni öz zimmasiga oldi.
“Messi oilasi boşidan keçirayotgan oğir vaziyat uçun uzr sörayman. Bu dardni yanada kuçaytirib yuborganimdan juda ham uyalaman. Tasdiqlangan deb taqdim etilgan bu yolğon malumot menga jonli efir vaqtida dastur prodyuserlari tomonidan berilgan edi. Şunga qaramay, bu xato uçun masuliyatni öz zimmamga olaman. Men adaşdim va çin dildan keçirim sörayman”, deb yozdi Penya.
Şuningdek, ayrim naşrlar Messining Jahon çempionatida Jazoirga qarşi uçraşuvdan keyin köz yoş tökkanini otasining salomatligi bilan boğlagan.
Bundan avval, Messining oilasi ham rasmiy bayonot bilan çiqib, “ayrim şaxslar şaxsiy oilaviy masalalarga nisbatan yetarli darajada qatiy hurmat va ehtiyotkorlik namoyon etmayotgani”dan xavotir bildirgan va jamoatçilikdan vaziyatni tuşunişni söragan edi.
Eslatib ötamiz, Lionel Messi Jahon çempionatida Jazoirga qarşi bahsda xet-trik qayd etib, Argentina terma jamoasining 3:0 hisobidagi ğalabasiga hissa qöşgan. Şuningdek, u Jahon çempionatlari tarixidagi eng yaxşi töpurarlar röyxatida Germaniya terma jamoasining sobiq hujumçisi Miroslav Kloze natijasiga tenglaşgan.