USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

FIFA Messi bilan boğliq bahsli vaziyat yuzasidan izoh berdi

252 марта
FIFA Месси билан боғлиқ баҳсли вазият юзасидан изоҳ берди

FIFA hakamlar qömitasi raisi Perluiji Kollina Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi iştirok etgan bahsli vaziyat yuzasidan izoh berdi. Bu haqda Kollina “The Sun” naşriga bergan intervyusida aytib ötdi.

“FIFA qoidalariga köra, mazkur epizodni jiddiy qoidabuzarlik yoki tajovuzkor harakat sifatida baholab bölmaydi. Butsa bilan raqib oyoği örtasidagi teginiş ortiqça kuç işlatiş yoki qasddan qilingan harakat oqibatida yuz bermagan. Bu öyinning tabiiy jarayonida sodir bölgan holat bölib, raqib futbolçisi uçun jiddiy xavf tuğdirmagan”, deydi Kollina.

Mazkur holat 2026 yilgi Jahon çempionati guruh bosqiçining birinçi turidagi Argentina – Jazoir uçraşuvining 31-daqiqasida sodir bölgan. Voqea davomida Messi töp uçun kuraş jarayonida jazoirlik himoyaçi Ayssa Mandining oyoğini bosib ketgan.

Epizoddan keyin ayrim mutaxassislar va muxlislar argentinalik futbolçi jazolanişi kerakligini takidlagan. Biroq boş hakam Şimon Marçinyak unga kartoçka körsatmadi, VAR tizimi ham vaziyatni qöşimça körib çiqişni tavsiya qilmadi.

Bu qaror futbol jamoatçiligi orasida qizğin muhokamalarga sabab bölgan bölsa-da, FIFA maydondagi hakamlar qarorini qöllab-quvvatladi.

Eslatib ötamiz, Lionel Messi Jahon çempionatida Jazoirga qarşi bahsda xet-trik qayd etib, Argentina terma jamoasining 3:0 hisobidagi ğalabasiga hissa qöşgan. Şuningdek, u Jahon çempionatlari tarixidagi eng yaxşi töpurarlar röyxatida Germaniya terma jamoasining sobiq hujumçisi Miroslav Klozening natijasiga tenglaşgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: