"Brunu Kriştianuning eng asosiy körolmaydigan odami". Ronalduning muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda Brunu Fernandeşga "hujum qilişdi"
19-06-2026, 14:18
144 марта

"Brunu Kriştianuning eng asosiy körolmaydigan odami". Ronalduning muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda Brunu Fernandeşga "hujum qilişdi"
Portugaliya terma jamoasi sardori va hujumçisi Kriştianu Ronalduning aşaddiy işqibozlari JÇ-2026 guruh bosqiçi 1-turidan örin olgan DR Kongoga qarşi bahsdan (1:1) söng milliy terma jamoaning ayrim futbolçilarini, xususan, Brunu Fernandeş va Joau Neveşni ijtimoiy tarmoqlarda keskin tanqid ostiga olişdi.
41 yoşli forvardning muxlislari boşqa futbolçilar maydonda unga yetarliça öynamayotganini takidlaşmoqda.
"Siz Ronalduga pas berişdan qörqasizmi?".
"Brunu Kriştianuning eng asosiy körolmaydigan odami".
"Aqldan ozdingmi? Nimalar bölyapti özi?! Töpni hujumçiga uzat".
"Hurmat körsating. Ronaldu — sizlarning ustozingiz".
Yana bir foydalanuvçi esa jamoadoşlarini Argentina bilan soliştirgan:
"Argentina Messi uçun öynaydi. Agar ğalaba qozonişni istasang, Ronaldu uçun öyna, yigitça".