FIFA Isroil va Falastin örtasida öyin taşkillaştirmoqçi
FIFA Isroil va Falastin terma jamoalariga AQŞda joriy yilning sentyabr oyida bölib ötadigan 15 yoşgaça bölgan futbolçilar uçun yangi futbol festivalini oçib berişini taklif qilmoqda. Bu haqda taşkilot rejalaridan xabardor manbalarga tayanib, “The Athletic” naşri xabar berdi.
Taşabbus FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan ilgari surilgan bölib, u Isroilni musobaqalardan çetlatişni talab qilib kelayotgan faollar va xalqaro inson huquqlari taşkilotlarining köp yillik çaqiriqlari fonida paydo böldi.
Naşr malumotlariga köra, Isroil va Falastin örtasida öyin ötkaziş ğoyasi FIFA prezidenti Janni Infantino joriy yil aprel oyida Vankuver şahrida bölib ötgan FIFA kongressida ikki tomon futbol federatsiyalari vakillarining qöl berib körişişi va birgalikda suratga tuşişini taşkil etişga uringanidan söng paydo bölgan.
Uşbu festival FIFA Kengaşi tomonidan 2025 yil dekabr oyida elon qilingan edi. Uçraşuvlar qisqartirilgan formatda va kiçraytirilgan maydonlarda ötkaziladi, jamoalar esa yetti nafardan töqqiz nafargaça futbolçidan iborat böladi.
Dastlabki festival Mayami şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan bölib, faqat ösmirlar jamoalari uçun möljallangan. 2027 yilda esa FIFA qizlar jamoalari uçun ham şunga öxşaş festival taşkil etişni rejalaştirmoqda.