Infantino Özbekistonni JÇdagi debyut bilan tabrikladi
FIFA prezidenti Janni Infantino Özbekiston milliy terma jamoasini Jahon çempionatidagi tarixiy debyut bilan tabrikladi. Bu tabrikni Infantino Kolumbiyaga qarşi öyinda Özbekiston terma jamoasi rasmiylariga şaxsan yölladi.
Meksikada bölib turgan Özbekiston delegatsiyasi “Atsteka” stadionida FIFA rahbari Janni Infantino bilan uçraşgan. Suhbat davomida Infantino Özbekiston terma jamoasini Jahon çempionatidagi ilk iştiroki bilan qutlab, jamoaga kelgusi bahslarda omad tilagan.
Uçraşuvda Sport vazirligi, Milliy olimpiya va paralimpiya qömitalari hamda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati FIFA prezidentiga bildirilgan etibor va qöllab-quvvatlov uçun minnatdorlik izhor qilgan.
Şuningdek, rasmiylar Kolumbiyaga qarşi uçraşuv milliy futbol taraqqiyoti uçun muhim ahamiyat kasb etişini takidlagan. Tomonlar Jahon çempionati doirasidagi hamkorlik va musobaqaning yuqori saviyada taşkil etilişi yuzasidan ham fikr almaşgan.
Şu bilan birga, Özbekiston delegatsiyasi Kolumbiya futbol federatsiyasi prezidenti va FIFA kengaşi azosi Ramon Xesurunni jamoasining ğalabasi bilan tabriklab, unga esdalik sovğasini topşirgan.
Elatib ötamiz, Özbekiston milliy terma jamoasi birinçi turda Kolumbiyaga qarşi maydonga tuşdi va 3:1 hisobidagi mağlubiyatni qabul qilib oldi.