Eron JÇdagi öyinlarini AQŞda ötkazadi – Infantino
1-05-2026, 11:29
54 марта

Eron JÇdagi öyinlarini AQŞda ötkazadi – Infantino
Keça, 30 aprel kuni Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino Kanadaning Vankuver şahrida ötkazilgan kongressda Eron milliy terma jamoasi 2026 yilgi jahon çempionatida iştirok etişini va öyinlarini AQŞ hududida ötkazişini malum qildi. Uning bu haqdagi sözlari FIFA saytida keltirildi.“Eron 2026 yilgi jahon çempionatida qatnaşadi va albatta, AQŞda öynaydi. Biz birlaşişimiz va odamlarni birlaştirişimiz kerak. Bu – bizning umumiy masuliyatimiz”, degan Infantino.AQŞ va Isroilning Eronga qarşi harbiy operatsiyasi boşlangaç, mamlakatning turnirdagi iştiroki savol ostida qolgan edi. Mart oyida Eron Sport vaziri Ahmad Donyomali milliy jamoa musobaqada qatnaşmasligini bildirgan. Keyinçalik esa eronliklar öyinlarni Meksika hududiga köçirişni istayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Aprel oyida Infantino Eron terma jamoasi turnirga “mutlaqo albatta” kelişini takidlagan. Şundan söng Eronda jamoaning jahon çempionatiga töliq tayyorligi elon qilindi.
Eron terma jamoasi G guruhidan joy olgan bölib, unda Belgiya, Yangi Zelandiya va Misr jamoalari bilan bahs olib boradi.
2026 yilgi jahon çempionati 11 iyundan 19 iyulgaça AQŞ, Kanada va Meksikada bölib ötadi.