USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

XORAZMLIK ŞAXMATÇI QIZ JAHON KUBOGIDA: HALI HAMMASI OLDINDA!

165 марта
XORAZMLIK ŞAXMATÇI QIZ JAHON KUBOGIDA: HALI HAMMASI OLDINDA!

Gruziyaning Batumi şahrida ösmirlar örtasida şaxmat böyiça jahon Kubogi qizğin davom etmoqda. Dunyoning eng sara va kuçli yoş şaxmatçilari jam bölgan uşbu nufuzli musobaqada Özbekiston terma jamoasi safida xorazmlik «aql gimnastikasi» sohibasi ham yurtimiz şarafini munosib himoya qilmoqda.

Viloyatimiz faxri, Ixtisoslaştirilgan davlat maktab-internati (IDMI) tarbiyalanuvçisi Nafisa Quvondiqova ayni paytda U-12 (12 yoşgaça bölgan qizlar) toifasida kuçli raqiblarga qarşi dona surmoqda.

Hamyurtimiz musobaqadagi ilk uçraşuvini çiroyli ğalaba bilan boşladi. Keyingi turlarda esa Tszisin Xuan (Xitoy) va WCM Skay Atti (Livan) kabi tajribali raqiblarga qarşi keçgan bahslarda imkoniyatni boy berib qöydi. Şunga qaramay, öz irodasini körsata olgan Nafisa törtinçi turda rossiyalik Rameta Urusmambetova bilan durangga erişdi. Navbatdagi turda esa kosta-rikalik WCM Yelena Fernandes Mayorga bilan bahs olib borib, raqibini taslim etdi va navbatdagi muhim yutuqni qölga kiritdi. Oltinçi turda 2,5 oçkoga ega bölib turgan Nafisa Quvondiqova yana bir jiddiy raqib — rossiyalik Yaroslava Lixaçeva (2,5 oçko) bilan röbaru keldi.

Tajriba va mahorat maktabi
Alohida takidlaş joizki, uşbu Jahon Kubogida Nafisaga raqiblik qilayotgan şaxmatçilarning barçasi xalqaro FIDE (FIDE) reytingida özidan ança yuqori örinlarda joylaşgan xalqaro toifadagi sportçilardir. Şunday ekan, dunyoning eng kuçli şaxmatçilari bilan bir safda turiş va ularga qarşi munosib kuraşişning özi xorazmlik yoş sportçimiz uçun ulkan yutuq va beqiyos tajriba maktabidir!

Musobaqalar davom etmoqda. Vohamiz ahli va muxlislari nomidan vakilimizga keyingi turlarda omad va zafarlar tilab qolamiz. Hali hammasi oldinda, Nafisa!

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: