USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

JÇ debyutanti yana sensatsiya qayd etdi

490 марта
ЖЧ дебютанти яна сенсация қайд этди

Bugun, 22 iyun kuni 2026 yilgi Jahon çempionatining “H” guruhi 2-turidan örin olgan Urugvay va Kabo-Verde terma jamoalari örtasidagi uçraşuv bölib ötdi. AQŞning Mayami şahridagi “Xard Rok” stadionida bölib ötgan bahs 2:2 hisobidagi durang bilan tugadi.

Uçraşuvni norvegiyalik hakam Espen Eskos boşqarib bordi. Hisob 21-daqiqada oçildi. Kabo-Verde terma jamoasi yarim himoyaçisi Kevin Lenini jamoasini oldinga olib çiqdi.

Urugvayliklar birinçi bölim oxirida javob qaytarişdi. 44-daqiqada Maksimiliano Arauxo hisobni tenglaştirgan bölsa, birinçi bölimga qöşib berilgan vaqtning 6-daqiqasida Agustin Kanobbio gol urib, Urugvayni oldinga olib çiqdi.

Biroq 61-daqiqada Kabo-Verde hujumçisi Elio Varela hisobni yana tenglaştirib, jamoasiga muhim oçko keltirdi. Şu tariqa, terma jamoalar öz hisobiga bir oçkodan yozib qöygan holda turnir jadvalida 2 va 3 örinlarni egallab turibdi. Ispaniya terma jamoasi esa guruhda yetakçilik qilmoqda.

Öyinda kiritilgan gollarni uşbu havola orqali tomoşa qilişingiz mumkin.

Malumot uçun, birinçi turda Urugvay Saudiya Arabistoni bilan 1:1 hisobida durang öynagan edi. Kabo-Verde esa Ispaniyadan oçko tortib olib, bahsni 0:0 hisobida yakunlagandi.

Guruh bosqiçining sönggi turida Urugvay Ispaniyaga qarşi maydonga tuşadi. Kabo-Verde esa Saudiya Arabistoni bilan bahs olib boradi. Har ikki uçraşuv joriy yilning 27 iyun kuni bölib ötadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: