Ibragimoviç Belgiya-Eron öyinida uxlab qoldi
Şvetsiyalik afsonaviy hujumçi, Italiya çempionatining beş karra ğolibi Zlatan Ibragimoviç Belgiya va Eron terma jamoalari örtasidagi Jahon çempionati bahsini tomoşa qilayotgan vaqtda uxlab qolganini aytdi. Bu haqda u özi ekspert bölib işlaydigan “Fox” telekanali efirida söz oçdi.
Ayni paytda “Fox” telekanalida ekspert sifatida faoliyat yuritayotgan Ibragimoviç uçraşuv haqida keskin fikr bildirdi. AQŞning Inglvud şahrida bölib ötgan bahs golsiz durang – 0:0 hisobi bilan yakunlandi. Belgiya terma jamoasi esa 66-daqiqada himoyaçi Natan Ngoy qizil kartoçka olganidan keyin öyinning qolgan qismini bir kişi kam bölib ötkazdi.
“Birinçi bölimda deyarli uxlab qoldim. Ikkinçi bölimda esa haqiqatdan ham uxlab qoldim. Bu öyin haqida boşqa heç narsa deyişning iloji yöq”, deydi Ibragimoviç.
Malumot uçun, Eron 2 oçko bilan hozirda turnir jadvalida Misr terma jamoasidan keyin 2-örinlani egallab turibdi. Guruh bosqiçining sönggi turida Eron Misrga qarşi maydonga tuşadi. Belgiya esa Yangi Zelandiya bilan kuç sinaşadi. Har ikki uçraşuv 27 iyun kuni bölib ötadi.