Misr kambek evaziga Yangi Zelandiyani mağlub etdi
Bugun, 21 iyun kuni 2026 yilgi FIFA Jahon çempionatining “G” guruhi 2-turidan örin olgan Yangi Zelandiya va Misr terma jamoalari örtasidagi uçraşuv bölib ötdi. Kanadaning Vankuver şahridagi bölib ötgan bahsda Misr 3:1 hisobida ğalaba qozondi.
Uçraşuvning birinçi bölimda Yangi Zelandiya safida Finn Surman gol urib, terma jamoasini hisobda oldinga olib çiqqan edi.
Biroq ikkinçi bölimda misrliklar öyin tizginini öz qöliga oldi. 59-daqiqada Mustafo Ziko hisobni tenglaştirgan bölsa, 67-daqiqada Muhammad Saloh jamoasini oldinga olib çiqdi. 82-daqiqada esa Trezege uçinçi golni kiritib, Misrning işonçli ğalabasini taminladi. Uşbu golga ham Muhammad Saloh assistentlik qildi.
Şu tariqa, Misr musobaqadagi ilk ğalabasini qölga kiritdi.
Malumot uçun, birinçi turda Yangi Zelandiya Eron bilan 2:2 hisobida durang öynagan, Misr esa Belgiya bilan 1:1 hisobidagi durang qayd etgandi.
Guruh bosqiçining sönggi turida Yangi Zelandiya Belgiyaga qarşi maydonga tuşadi, Misr esa Eron bilan kuç sinaşadi. Har ikki uçraşuv joriy yilning 27 iyun kuni bölib ötadi.
Öyinda kiritilgan gollarni uşbu havola orqali tomoşa qilişingiz mumkin.