Şlotterbek JÇning qolgan qismini ötkazib yuboradi
Germaniya terma jamoasi himoyaçisi Niko Şlotterbek 2026 yilgi Jahon çempionatining qolgan qismida maydonga tuşmaydi. Bu haqda “Bild” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, 26 yoşli futbolçi Kot-d’Ivuarga qarşi uçraşuvda (2:1) jarohat olganidan söng qöşimça tibbiy körikdan ötgan. Tekşiruvlar natijasida uning tizzasidagi medial boğlam yorilgani aniqlangan.
Xabarlarga köra, Şlotterbekning töliq soğayib ketişi kutilmoqda, ammo u mundialning qolgan öyinlarida iştirok eta olmaydi.
Malumot uçun, Kot-d’Ivuarga qarşi bahsning 13-daqiqasida jarohat olgan himoyaçi oğriq qoldiruvçi vositalar tasirida birinçi bölim oxirigaça harakat qildi. Tanaffusdan söng uning örnini Antonio Ryudiger egalladi.
Malumot uçun, Germaniya terma jamoasi guruh bosqiçidagi sönggi uçraşuvini 25 iyun kuni Ekvadorga qarşi ötkazadi.
Eslatib ötamiz, Germaniya terma jamoasi Kot-d’Ivuarga qarşi uçraşuvdagi ğalaba ortidan 12 yillik tanaffusdan söng Jahon çempionatlari pley-off bosqiçi masalasini hal qilgandi.