Qirğizistonda ham Özbekistonning öyini katta ekranlarda körsatiladi
Qirğizistonning Bişkek şahrida Özbekiston milliy terma jamoasining Jahon çempionatidagi navbatdagi uçraşuvi munosabati bilan muxlislar uçun maxsus fan-zona taşkil etiladi. Bu haqda şahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bişkek şahar hokimligi malumotiga köra, bugun, 23 iyun kuni Turdaqun Usubaliyev maydonida 2026 yilgi Jahon çempionati guruh bosqiçi 2-turidan örin olgan Portugaliya – Özbekiston uçraşuvining jonli namoyişi taşkil qilinadi.
Tadbir doirasida poytaxt aholisi va mehmonlari uçun katta ekran örnatiladi. Şu tariqa muxlislar bahsni birgalikda tomoşa qilib, jamoalarni haqiqiy futbol muhitida qöllab-quvvatlaş imkoniyatiga ega böladi.
Taşkilotçilarning malum qilişiça, mahalliy vaqt bilan soat 21:20 da estrada yulduzlari iştirokidagi köngiloçar dastur ham bölib ötadi.
Tadbir munosabati bilan şaharning qator köçalarida transport harakati vaqtinça çeklanadi. Bişkek şahar hokimligi poytaxt aholisi va mehmonlaridan yönalişlarini oldindan rejalaştiriş hamda ehtimoliy vaqtinçalik noqulayliklarga tuşuniş bilan munosabatda bölişni söradi.
Eslatib ötamiz, Portugaliya va Özbekiston uçraşuvi bugun, 23 iyun kuni Toşkent vaqti bilan soat 22:00 da boşlanadi. Bahsni marokaşlik hakam Jalol Jayed boşqarib boradi.