Boğotlik karateçilar Jahon kubogida 20 ta medalni qölga kiritdi
23-06-2026, 11:24
235 марта
Boğotlik karateçilar Jahon kubogida 20 ta medalni qölga kiritdiJoriy yilning 20–21 iyun kunlari Tojikiston Respublikasining Xöjand şahrida karate-do sport turining barça yönalişlari böyiça Jahon kubogi musobaqasi bölib ötdi.
Nufuzli xalqaro musobaqada Xorazm viloyatining Boğot tumani sport maktabi tarbiyalanuvçilari munosib iştirok etib, yuqori natijalarni qayd etdilar. Yoş sportçilar jami 20 ta medal — 10 ta oltin, 4 ta kumuş va 6 ta bronza medalni qölga kiritib, yurtimiz va viloyatimiz şarafini munosib himoya qildilar.
Musobaqada oltin medallarga Nurhayot Töxtaboyeva, Kumuşxon Boltayeva, Parizoda Hojiyeva, Nigina Zarifboyeva, Sojida Egamberdiyeva, Muhammadali Tohirov, Rajabboy Rajabboyev, Temurbek Olimboyev, Alişer Ibrohimov hamda Ziyodulla Komiljonov sazovor böldi.
Kumuş medallarni Mirziyo Komilov, Zebiniso Soliyeva, Ibrohimjon Ergaşov va Azizbek Maxsudov qölga kiritgan bölsa, bronza medallari Oğobek Sobirov, Quliya Egamberdiyev, Ozoda Sobirova, Xudayşukur Şarifboyev, Muhammadali Samandarov va Mirziyod Röziboyev hisobiga yozildi.
Uşbu muvaffaqiyat sportçilarning maşaqqatli mehnati, qatiyati va murabbiylarining samarali faoliyati natijasi bölib, Boğot tumani sportçilari xalqaro maydonda ham yuqori natijalarga erişa olişini yana bir bor namoyon qildi.
Ğolib va sovrindorlar hamda ularning murabbiylarini erişilgan yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusi musobaqalarda yanada ulkan zafarlar tilaymiz.




