2023 yilgi Uimbldon ğolibi 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi
Xalqaro tennis yaxlitligi agentligi (ITIA) çexiyalik tennisçi Marketa Vondrouşovani dopingga qarşi qoidalarni buzgani uçun tört yil muddatga diskvalifikatsiya qildi. Bu haqda taşkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, jazo tennisçining 2025 yil dekabr oyida doping nazoratidan ötişdan boş tortgani bilan boğliq. Vondrouşova bu qarorini stress, ruhiy salomatlik bilan boğliq muammolar hamda xavfsizligi yuzasidan xavotirlar bilan izohlagan.
Biroq mustaqil tribunal işni körib çiqib, antidoping nazoratini ötkazişga uringan mutasaddining körsatmalarini ham inobatga olgan va sportçining rad javobi uçun heç qanday asosli sabab bölmagan, degan xulosaga kelgan.
Diskvalifikatsiya muddati 2030 yil 21 iyunda yakunlanadi. Uşbu davr mobaynida Vondrouşovaga Xalqaro tennis federatsiyasi, Ayollar tennis assotsiatsiyasi, Professional tennisçilar assotsiatsiyasi, “Katta dubulğa” turnirlari yoki milliy tennis uyuşmalari tomonidan taşkil etiladigan va tasdiqlanadigan musobaqalarda iştirok etiş, murabbiylik qiliş hamda boşqa rasmiy faoliyat bilan şuğullanişi taqiqlanadi.
Şuningdek, Xalqaro tennis federatsiyasi va milliy antidoping taşkiloti mazkur qaror ustidan Sport arbitraj sudiga şikoyat kiritiş huquqiga ega.
Malumot uçun, 26 yoşli Vondrouşova ayni paytda jahon reytingida 122-örinni egallab turibdi. U joriy yil yanvar oyidan buyon musobaqalarda iştirok etmayapti. Öşanda u Avstraliyaning Adelaida şahrida bölib ötgan turnirning ikkinçi bosqiç bahsidan çetlatilgan edi.
Çexiyalik tennisçi faoliyati davomidagi eng yuqori natijasini 2023 yilda qayd etgan. Öşa yili u jahon reytingida 6-öringaça kötarilgan va faoliyatidagi yagona “Katta dubulğa” turniri – Uimbldon musobaqasida ğolib çiqqan.
Bundan taşqari, Vondrouşova 2019 yilda Frantsiya oçiq çempionati finaligaça yetib borgan, 2021 yilda esa Tokio Olimpiadasida kumuş medal sohibi bölgan.