Yana bir tennisçi Özbekiston fuqaroligini oldi
2-12-2025, 10:04
138 марта

Yana bir tennisçi Özbekiston fuqaroligini oldi
Ayollar Tennis Assotsiatsiyasi (WTA) reytingida 109-örinni egallab turgan professional tennisçi Kamilla Rahimova Özbekiston fuqaroligini oldi. Endi Rahimova xalqaro miqyosdagi musobaqalarda Özbekiston bayroği ostida iştirok etadi. Bu haqda Özbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.24 yoşli Kamilla Rahimova 2001 yil 28 avgust kuni Yekaterinburgda tuğilgan. Kamilaning oilasi Özbekiston bilan boğliq – uning onasi Rufina Rahimova yoşligida öz yoş toifasida eng kuçli tennisçilar qatoriga kirgan va Özbekiston SSR şarafini himoya qilgan. Kamillaning katta akasi Timur Rahimov esa Toşkentda tuğilgan. Şu oilaviy ildizlar Rahimovaning Özbekiston nomidan musobaqalarda iştirok etiş qarorining asosiy sababi bölişi mumkin.
“Kamilla Rahimovaning Özbekiston terma jamoasiga qöşilişi tarixiy voqea. U özini kuçli va raqobatbardoş tennisçi sifatida körsatgan, dunyoning eng yaxşi öyinçilari bilan tengma-teng öynay oladi. Biz Kamillani terma jamoa tarkibida körganimizdan mamnunmiz va oldinda yorqin ğalabalar, katta yöl va yangi rekordlar borligiga işonamiz”, dedi Özbekiston Tennis Federatsiyasi boş kotibi Sardor Komilov.
Faoliyatidagi asosiy natijalar:
- Yakkalikdagi eng yuqori reytingi: №60 (2024 yil 30 dekabr);
- Juftlikdagi eng yuqori reytingi: №51 (2025 yil 25 avgust);
- WTA juftlikda 3 ta titul;
- ATA 125 yakkalikda ğoliblik, şuningdek, juftlikdagi ğalabalar.
- US Open: 3-bosqiç (2021);
- Roland Garros: 3-bosqiç (2023);
- Uimbldon: 3-bosqiç (2025), jumladan, dunyoning 5-raqami Jasmin Paolini ustidan ğalaba.
- Australian Open: çorak final (2025);
- Roland Garros: 3-bosqiç (2025);
- Uimbldon: 2-bosqiç (2024, 2025).