Özbekistonlik hakamlar JÇ öyiniga tayinlandi
Özbekistonlik FIFA referisi Ilgiz Tantaşev jamoasi Jahon çempionatidagi navbatdagi öyinini boşqarib boradi. Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Ayni kunlarda AQŞ, Kanada va Meksika mezbonligida FIFA Jahon çempionati bahslari davom etmoqda. Musobaqaning 3-turidan örin olgan Jazoir – Avstriya uçraşuvi özbekistonlik hakamlar jamoasiga işonib topşirilgan.
Mazkur bahsni FIFA hakami Ilgiz Tantaşev boşqarib boradi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi. Uçraşuv 28 iyun kuni Toşkent vaqti bilan soat 07:00 da boşlanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston milliy terma jamoasining Jahon çempionatidagi navbatdagi bahsini germaniyalik hakamlar boşqarişi haqida xabar berilgan edi.