Pirs Morgan Ronaldu haqida: "Ha, bu Özbekiston, ammo Messi ikkinçi darajali jamoalarga gol urganida sizlar hayratlanardingiz-ku"
25-06-2026, 08:33
187 марта

Pirs Morgan Ronaldu haqida: "Ha, bu Özbekiston, ammo Messi ikkinçi darajali jamoalarga gol urganida sizlar hayratlanardingiz-ku"
Britaniyalik teleboşlovçi Pirs Morgan radioefirlaridan birida töğridan-töğri efirda Kriştianu Ronalduning buyukligi borasida bahs uyuştirdi.
Portugaliya terma jamoasining 41 yoşli hujumçisi JÇ-2026 2-turi doirasida Özbekistonga qarşi keçgan bahsda (5:0) dubl qayd etdi.
Pirs Morgan: "Xayrli tong. Yaşaş uçun qanday ajoyib kun, janoblar. Bilasizmi nima? Keça men Ronaldu gol urişi va barça tanqidçilarini noqulay ahvolga solib qöyişi haqida prognozlar joylaganimda, öğillarim menga: “Dada, balki oşirib yuborayotgandirsiz. Agar gol urmasa-çi?” deyişdi. Men esa: “Sizlar şunçaki Kriştianu Ronalduni bilmaysizlar”, deb javob berdim. Oxirgi tört-beş kun davomida butun dunyo uni masxara qildi, undan nafratlandi, hisobdan çiqarib taşladi, uni 'ötgan material' deb ataşdi, Portugaliyani ortga tortyapti deyişdi. Keça keçqurun esa u dunyoga yana bir bor jahon futboli tarixidagi eng sovuqqon va porloq hujumçi ekanini körsatdi. Kim buning aksini öylasa, menimça, u şunçaki xayoliy dunyoda yaşamoqda.
Yigit 41 yoşda. U urgan ikkita gol hatto 21 yoşida ham ğururlaniş uçun sabab bölardi. Va bilasizmi, Ronalduning keça keçqurun qilgan işlarini körib, menga qöşilmaslikning iloji yöq. U heç qanday 'qulagan uçuvçi' emas. 41 yoşida u futbolda qança vaqt öynaş mumkinligi çegarasini qaytadan belgilamoqda".
Radioboşlovçi Endi Goldşteyn: "Agar kimdir radiosini endigina yoqqan bölsa, Pirs Jahon çempionati finali haqida gapirmayapti. Bu Özbekistonga qarşi öyin edi. Buni unutmaylik".
Pirs Morgan: "Hali final emas. Haligaça. Lekin, bilasizmi, agar hammasi hozirgidek davom etsa, Angliya yaqin orada Portugaliya bilan töqnaş kelişi mumkin. Va, oçiğini aytsam, ular keça keçqurun qanday öynaganini hisobga olsak... Ha, bu Özbekiston edi. Lekin sizlar ilgari Messi ikkinçi darajali jamoalarga gol urganida hayratlanardingiz-ku? Endi esa, tösatdan, Ronaldu Özbekistonga gol urganida, bu hisoblanmaydimi?"