Messi penaltisiz gollar böyiça Ronalduni ortda qoldirdi

Messi penaltisiz gollar böyiça Ronalduni ortda qoldirdi
38 yoşli argentinalik hujumçi, "Inter Mayami" sardori Lionel Messi penaltisiz urilgan gollar soni böyiça yangi rekordçiga aylandi. U bu körsatkiçda Kriştianu Ronalduni ortda qoldirdi.
Bu voqea 20 iyul kuni MLS doirasida "Nyu-York Red Bullz"ga qarşi ötkazilgan öyinda sodir böldi. Mazkur bellaşuvda "Inter Mayami" raqibini safarda 5:1 hisobida mağlub etdi. Messi uşbu uçraşuvda 2 ta gol va 1 ta golli pas bilan ajralib turdi — har ikki gol ham öyin davomida (penaltisiz) kiritildi.
Şu tariqa, argentinalik yulduzning penaltisiz gollar soni 764 tani taşkil qildi. Ronaldu esa hozirça 763 ta şunday golga ega.
Umuman olganda, Messi 1114 ta rasmiy öyinda 874 ta gol urgan, şulardan 110 tasi penaltidan. Ronaldu esa 1281 uçraşuvda 938 marta raqib darvozasini işğol etgan, ulardan 175 tasi penaltidan.