Mendeş Özbekiston darvozasiga jarima zarbasidan urgan goli haqida: "Hamma zarbani Kriştianu tepişini kutadi"
25-06-2026, 12:22
71 марта

Mendeş Özbekiston darvozasiga jarima zarbasidan urgan goli haqida: "Hamma zarbani Kriştianu tepişini kutadi"
Portugaliya terma jamoasi himoyaçisi Nunu Mendeş JÇ-2026 guruh bosqiçi doirasida Özbekistonga qarşi öyinda (5:0) jarima zarbasidan urgan goli haqida fikr bildirdi.
Futbolçi uçraşuvning 17-daqiqasida töğridan-töğri jarima zarbasidan gol urdi. Töp oldida jamoa hujumçisi va sardori Kriştianu Ronaldu ham turgan edi.
"Biz buni maşq qilgandik. Hamma jarima zarbalarini Kriştianu tepişini kutadi. Buni yana takrorlaş mumkin. Balki men bilan bu boşqa iş bermas, lekin boşqa futbolçilar bilan öxşab qoladi. Biz xursandmiz va bor etiborimizni qaratgan edik. Guruhda birinçi örinni egallaş uçun keyingi öyingaça tiklanib olişimiz kerak.
Tanqid — öyinning bir qismi, biz bunga örganib qolganmiz. Jamoadagi hamma bir-biriga yordam beradi, biz bunga tayyormiz. Eng muhimi — öz ğoyamizga va murabbiy bizdan nimani xohlayotganiga etibor qaratiş", — dediya Mendeş.