Portugaliya futbolçilariga Özbekiston bilan öyin katta ekranda qöyib berildi
Portugaliya terma jamoasi futbolçilari 2026 yilgi Jahon çempionatida Özbekistonga qarşi ötkazilgan uçraşuvni tahlil qildi. Uşbu holat aks etgan video Portugaliya futbol federatsiyasi matbuot xizmati tomonidan elon qilindi.
Unda Brunu Fernandeş va Nuno Mendeş kabi futbolçilar Özbekistonga qarşi keçgan bahsning muhim vaziyatlarini katta ekranda qayta tomoşa qilib, tahlil qilayotgani aks etgan. “Qaydlar oling. Körib çiqing. Tahlil qiling. Yaxşilang”, deya yozilgan video izohida.
Malumot uçun, Jahon çempionati guruh bosqiçining ikkinçi turida Portugaliya Özbekistonni 5:0 hisobida mağlub etgan edi. Portugaliyaliklar safida Kriştianu Ronaldu dubl qayd etdi, Nuno Mendeş va Rafael Leau bittadan gol urdi. Özbekiston terma jamoasi darvozaboni Abduvohid Nematov esa avtogolga mualliflik qildi.
Uşbu ğalabadan söng Portugaliya “K” guruhida 4 oçko bilan ikkinçi örinda bormoqda. Özbekiston esa hali oçko jamğara olmagan holda guruhda törtinçi örinda turibdi. Guruh bosqiçining sönggi turida Portugaliya Mayami şahrida Kolumbiyaga qarşi maydonga tuşadi. Özbekiston esa Atlanta şahrida Kongo Demokratik Respublikasi bilan bahs olib boradi.
Eslatib ötamiz, Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi boş murabbiyi Sebastyan Desabr Özbekistonga qarşi bölajak uçraşuvda tavakkal qilişini va faqat ğalaba uçun öynaşini aytgani haqida xabar berilgandi.