Özbekistonga qarşi öyindan söng Ronaldu aeroportda jiddiy tekşirildi
Portugaliya terma jamoasi sardori Kriştianu Ronaldu 2026 yilgi Jahon çempionati guruh bosqiçi doirasidagi Özbekistonga qarşi öyindan söng Xyuston aeroportida jiddiy xavfsizlik tekşiruvidan ötdi.
Xavfsizlik xizmati xodimlari Ronaldudan tekşiruv uçun sumkasini olib qöyişni söra. Bu 41 yoşli hujumçini hayratga solgan. U hazil tariqasida qimmatbaho közoynagini ham yeçişi kerakmi, deya işora qilgan. Şunga qaramay, xavfsizlik xodimlari tekşiruvni davom ettirgan.
Portugaliya terma jamoasi Özbekiston bilan uçraşuvdan söng joriy yilning 28 iyun kuni Kolumbiyaga qarşi böladigan uçraşuv uçun Mayami şahriga yöl oldi.
Malumot uçun, Portugaliya milliy jamoasi ayni paytda “K” guruhida 4 oçko bilan ikkinçi örinda bormoqda. Peşqadam Kolumbiya hisobida esa 6 oçko bor. Guruh bosqiçining ikkinçi turida Portugaliya Özbekistonni 5:0 hisobida mağlub etgan edi. Öşa uçraşuvda Ronaldu dubl qayd etdi. Şu tariqa u Jahon çempionatlarida Portugaliya terma jamoasi safida 10 ta gol urib, Eysebiuning 9 gollik rekordini ortda qoldirdi.