Husanov Ronaldu bilan maydonda nimalar haqida gaplaşganini aytdi
Özbekiston milliy terma jamoasi va “Mançester Siti” himoyaçisi Abduqodir Husanov 2026 yilgi Jahon çempionati doirasida Portugaliyaga qarşi uçraşuvda Kriştianu Ronaldu bilan keçgan suhbat tafsilotlarini oçiqladi. Bu haqda sport jurnalisti Davron Fayziyev malum qildi.
Jurnalist özining Instagram sahifasida Xyustonda bölib ötgan uçraşuvdan lavhalarni elon qildi. Unda Husanov va Ronaldu örtasidagi muloqot haqida ham malumot berilgan.
“Öyin davomida köp gaplaşdik. Asosan maydondagi vaziyatlar haqida fikr almaşdik. Aynan öşa videoda nimalar deganimizni aniq eslay olmayman. Masalan, bekor qilingan golimizdan keyin biroz tortişib qoldik. Ronaldu öşa vaziyatda qoida buzilganini aytdi, men esa Abbos qöpol öynaydigan futbolçi emasligini tuşuntirdim. Lekin har safar suhbatimiz döstona ruhda ötdi”, deydi Husanov.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 23 iyun kuni Xyustonda bölib ötgan uçraşuvda Portugaliya Özbekistonni 5:0 hisobida mağlub etgan edi.
Uçraşuv davomida Ronaldu va Husanov bir neça bor maydonning özida muloqot qildi. Eng esda qolgan epizodlardan biri 60-daqiqada, Abduvohid Nematov avtogol urganidan keyin kuzatildi. Öşanda Portugaliya sardori Husanovning oldiga kelib, uni quçoqlab, yelkasiga qoqib, ruhan qöllab-quvvatladi.