JÇ-2026 muxlislar taşrifi böyiça rekord örnatdi
2026 yilgi futbol böyiça Jahon çempionati tarixdagi eng köp tomoşabin taşrif buyurgan turnir deb topildi. Öyinlarga allaqaçon 3,6 million muxlis taşrif buyurgan va bu yangi rekordga hisoblanadi. Bu haqda FIFA xabar berdi.
Malumotlarga köra, 2026 yilgi Jahon çempionatiga 3 mln 605 ming 357 nafar muxlis taşrif buyurgan. Şu tariqa uşbu musobaqa FIFA tomonidan rasman tarixdagi eng köp odam kelgan Jahon çempionati deb tan olindi.
NBC telekanalining aniqlik kiritişiça, bundan oldingi rekord 1994 yilgi Jahon çempionatida örnatilgan. Öşa turnir ham AQŞda bölib ötgan.
25 iyun kungi holatga köra, Meksika, AQŞ va Kanadada joriy yilda uzoqroq davom etayotgan turnir boşlanganidan beri ötgan dastlabki ikki hafta içida 3,6 million kişi yiğilgan.
Bir vaqtning özida bölib ötgan Germaniya–Ekvador va Kot-d'Ivuar–Kyurasao uçraşuvlaridan söng yangi rekord qayd etilgan – 3 605 357 kişi.
Şuningdek, AQŞ stadionlari avvalgi Jahon çempionatlarini qabul qilgan aksariyat stadionlarga qaraganda kattaroq siğimga ega ekanligi qayd etilgan. Qatarda bölib ötgan sönggi turnirdagi aksariyat stadionlarning maksimal siğimi taxminan 45 ming kişini taşkil etgan edi.