USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ronaldu 50 yoşgaça öynaşi mumkin – Jorjina

130 марта
Роналду 50 ёшгача ўйнаши мумкин – Жоржина

Kriştianu Ronalduning bölajak rafiqasi Jorjina Rodriges 41 yoşli portugaliyalik hujumçining faoliyatini davom ettiriş istagi haqida fikr bildirib, Ronaldu 50 yoşgaça öynaşi mumkinligini aytdi. Bu haqda Jorjina özi haqida suvratga olinayotgan hujjatli filmda söz oçdi.

“Men unga tez-tez: Kriştianu, senda hamma narsa bor, endi hayotdan biroz zavqlanaylik, deyman. U esa: Sen hamma narsani yaxşi körasan, ammo futbol mening eng katta iştiyoqim bölib qolmoqda”, deb javob qaytaradi. Biz tanişgan ilk kundanoq Kriştianuda futbolga bölgan iştiyoq hali ham saqlanib qolgani meni hayratga soladi. U har safar maydonga çiqqanida bor kuçini işga soladi”, deydi Rodriges.

Uning sözlariga köra, muxlislar Ronalduning faoliyati qaçon yakunlanişi haqida köp söraşadi.

“U hatto 50 yoşigaça ham futbol öynaşi mumkin”, deydi Jorjina.

Malumot uçun, Ronaldu joriy yilning may oyida “Al-Nasr” safida Saudiya Arabistoni çempionligini qölga kiritdi. Şundan söng u Portugaliya terma jamoasi bilan öz faoliyatidagi oltinçi Jahon çempionatida iştirok etmoqda. Hujumçi mundialda hozirga qadar ikki marta gol urdi va professional faoliyatidagi umumiy gollari sonini 975 taga yetkazdi.

Xabarlarga köra, juftlik 2026 yilgi Jahon çempionati finalidan söng Madeyradagi Funşal soborida nikoh töyini ötkazişni rejalaştirmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: