Ronaldu XXI asrda JÇdagi ofsaydlar soni böyiça ikkinçi öringa çiqib oldi
28-06-2026, 11:49
96 марта

Ronaldu XXI asrda JÇdagi ofsaydlar soni böyiça ikkinçi öringa çiqib oldi
Portugaliya terma jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronaldu XXI asrda bölib ötgan jahon çempionatlarida ofsaydga tuşiş soni böyiça ikkinçi öringa çiqib oldi, deb xabar bermoqda "OptaJose" özining "X" ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.
Kolumbiyaga qarşi öyinda Ronaldu 22-marotaba ofsaydda qoldi va bu körsatkiç böyiça Terri Anriga tenglaşib oldi.
XXI asrdagi jahon çempionatlarida eng köp ofsaydga tuşgan futbolçilar:
Robin van Persi — 25
Terri Anri — 22
Kriştianu Ronaldu — 22
Avvalroq Ronaldu jahon çempionatlari tarixida eng köp öyin ötkaziş böyiça ham ikkinçi öringa çiqqani xabar qilingandi. U özining 25-uçraşuvini ötkazdi va Lotar Matteus bilan tenglaşdi. Undan köp öyinni faqatgina Argentina terma jamoasi hujumçisi Lionel Messi ötkazgan.