Ronaldu tarixda birinçi bölib tört klub safida 100 ta gol urdi
24-08-2025, 07:08
250 марта

Ronaldu tarixda birinçi bölib tört klub safida 100 ta gol urdi
Bugun bölib ötgan Saudiya Superkubogida «An-Nasr» «Al-Ahli»dan mağlubiyatga uçradi. Uçraşuv Gonkongda ötkazildi. Asosiy vaqtda 2:2 hisobi qayd etildi (penaltilar seriyasi — 3:5).«An-Nasr»dan gollarni Kriştianu Ronaldu (41-daqiqa, penaltidan) va Martselo Brozoviç (82) kiritdi.
Mağlubiyatga qaramasdan, Ronaldu bir qator rekordlarni yangiladi.
U «An-Nasr» tarkibida özining 100-golini kiritib, klub töpurarlari orasida uçinçi öringa kötarilib oldi.
Portugal yulduzi törtta turli klub safida 100 dan ziyod gol kiritgan jahondagi ilk futbolçiga aylandi.
Kriştianu Ronalduning gollari:
- «Real Madrid» — 450 ta
- «Mançester Yunayted» — 145 ta
- «Yuventus» — 101 ta
- «An-Nasr» — 100 ta