Kanada qöşimça daqiqalarda ğalaba qozonib, çorak finalga çiqdi
Kanada terma jamoasi Los-Anjeles şahrida bölib ötgan 2026 yilgi Jahon çempionati 1/16 final bosqiçida Janubiy Afrikani 1:0 hisobida mağlub etib, nimçorak final bosqiçiga yöl oldi.
Uçraşuv taqdirini qöşimça vaqtning ikkinçi daqiqasida Stiven Euştakiu kiritgan gol hal qildi.
Kanada terma jamoasi sardori Alfonso Deyvis uşbu turnirdagi ilk uçraşuvini ötkazdi. “Bavariya” himoyaçisi jarohati sabab guruh bosqiçi öyinlarini ötkazib yuborgan edi. U Janubiy Afrikaga qarşi bahsning 75-daqiqasida zaxiradan maydonga tuşdi.
Guruh bosqiçida Kanada “B” guruhida ikkinçi, Janubiy Afrika esa “A” guruhida ikkinçi örinni egallagan edi. Har ikki jamoa öz tarixida ilk bor Jahon çempionati pley-off bosqiçiga çiqqandi.
Endi Kanada 1/8 finalda bugun, 29 iyun kuni bölib ötadigan Niderlandiya – Marokaş uçraşuvi ğolibi bilan kuç sinaşadi. Bu bosqiçdagi bahs joriy yilning 4 iyul kuni Xyuston şahrida ötkaziladi.
Şuningdek, Janubiy Afrika boş murabbiyi, 74 yoşli belgiyalik Ugo Broos Jahon çempionati pley-off bahsida jamoani boşqargan eng keksa murabbiy sifatida tarixga kirdi. Bu boradagi avvalgi rekord 2018 yilda 71 yoşida Urugvay terma jamoasini boşqargan Oskar Tabaresga tegişli edi.
Yana bir etiborli jihat, Kanada tarixda öz hududidan taşqarida Jahon çempionati uçraşuvini ötkazgan ilk mezbon mamlakatga aylandi.