JÇning 1/32 bosqiçi ilk juftligi aniq böldi
2026 yilgi Jahon çempionatining 1/32 bosqiçining dastlabki juftligi aniq böldi. Kanada va Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoalari bu bosqiçda özaro bahs olib boradi.
Bu davom etayotgan turnirda aniqlangan ilk pley-off juftliklaridan biri böldi. Uçraşuv joriy yilning 28 iyun kuni AQŞning Kaliforniya ştati Inglvud şahrida bölib ötadi.
Avvalroq, Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasi öz tarixida ilk bor Jahon çempionati pley-off bosqiçiga çiqqan edi. Jamoa “A” guruhida ikkinçi örinni egalladi. Kanada esa “B” guruhini ikkinçi poğonada yakunladi.
Har ikki terma jamoa guruh bosqiçining uç turidan söng 4 tadan oçko jamğardi.
Jahon çempionati AQŞ, Kanada va Meksika mezbonligida ötkazilmoqda. Ilk bor 48 ta jamoa iştirok etayotgan musobaqa joriy yilning 19 iyul kuni yakunlanadi. Argentina amaldagi jahon çempioni hisoblanadi.