Mareska “Mançester Siti” boş murabbiyi etib tayinlandi
“Mançester Siti” italiyalik mutaxassis Entso Mareskani jamoaning yangi boş murabbiyi etib tayinlaganini elon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, tomonlar 2029 yilning yoziga qadar möljallangan şartnoma imzolagan.
Entso Mareska joriy yilning yanvar oyida Londonning “Çelsi” klubini tark etganidan söng erkin agent maqomiga ega edi.
Italiyalik mutaxassis uçun “Mançester Siti” uçun begona jamoa emas. U 2022–2023 yillar davomida Pep Gvardiola murabbiylar ştabida faoliyat yuritgan. Şuningdek, Mareska avvalroq klubning yoşlar jamoalarida ham işlagan.
Eslatib ötamiz, 2026 yil 22 may kuni “Mançester Siti” rasmiy saytida Pep Gvardiola 2025-2026 yilgi mavsum yakunidan söng boş murabbiylik lavozimini tark etişi haqida malum qilgan edi. Garçi uning amaldagi şartnomasi 2027 yilning yoziga qadar möljallangan bölsa-da, ispaniyalik mutaxassis klubni rejadan oldin tark etişga qaror qilgan.