Nagelsmann Germaniya terma jamoasini tark etadimi?
Germaniya milliy terma jamoasi boş murabbiyi Yulian Nagelsmann Jahon çempionatining 1/8 finalidagi mağlubiyatdan söng istefoga çiqiş niyati yöqligini malum qildi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Avvalroq, Germaniya terma jamoasi 1/8 finalda Paragvayga mağlub böldi. Uçraşuvning asosiy va qöşimça vaqti 1:1 hisobida yakunlangan bölsa, penaltilar seriyasida Paragvay 4:3 hisobida ğalaba qozondi. Natijada Germaniya Jahon çempionatidagi yurişini yakunladi.
“Men istefoga çiqmayman. Agar Germaniya futbol assotsiatsiyasi mening 2028 yilgaça işlaşimni istasa, qolaman. Agar bunday bölmasa, uşbu loyihani tark etaman”, deydi Nagelsmann.
Malumot uçun, 38 yoşli mutaxassis Germaniya terma jamoasi boş murabbiyligiga 2023 yil 22 sentyabr kuni tayinlangan. Uning boşqaruvi ostida jamoa 2024 yilgi Yevropa çempionatida öz maydonida çorak finalgaça yetib borgan edi.