Marokaş Niderlandiyani penaltilar seriyasida mağlub etdi
Bugun, 30 iyun kuni 2026 yilgi Jahon çempionatining 1/16 final bahsida Marokaş terma jamoasi Niderlandiyani penaltilar seriyasida mağlub etib, nimçorak final bosqiçga yöl oldi.
Öyinning asosiy va qöşimça vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Niderlandiya safida 72-daqiqada Kodi Gakpo hisobni oçgan bölsa, Marokaş terma jamoasi 90+1-daqiqada Issa Diopning goli evaziga muvozanatni tikladi.
Penaltilar seriyasida esa Marokaş futbolçilari aniqroq harakat qilib, 3:2 hisobida ğalaba qozondi.
Uçraşuvdan keyin Kodi Gakponing golni nişonlamagani ham etibor markazida böldi. Malum bölişiça, futbolçining turmuş örtoği yaqinda homiladorlik davrida farzandini yöqotgan. Şu sababli Gakpo gol urganidan keyin his-tuyğularini yaşira olmadi va uni nişonlamaslikka qaror qildi.
Eslatib ötamiz, Marokaş guruh bosqiçini “C” guruhida ikkinçi örin bilan yakunlagan bölsa, Niderlandiya “F” guruhida peşqadam bölgan edi.
Marokaş endi 1/8 finalda Kanada terma jamoasiga qarşi maydonga tuşadi. Uşbu uçraşuv joriy yilning 4 iyul kuni AQŞning Texas ştati, Xyuston şahrida bölib ötadi.