USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston milliy jamoasi xalqaro turnir finalida Eronni mağlub etdi

430 марта
Özbekiston milliy jamoasi xalqaro turnir finalida Eronni mağlub etdi

Birlaşgan Arab Amirliklarning Abu-Dabi şahrida ötkazilgan Al Ain Cup xalqaro turniri finalining asosiy vaqtida hisob oçilmadi. Penaltilar seriyasida özbekistonliklar ğalaba qozondi.

Foto: UFA

Birlaşgan Arab Amirliklarning Abu-Dabi şahrida 4 ta milliy jamoa iştirokida Al Ain Cup xalqaro turniri yakunlandi.

Özbekiston milliy jamoasi 18 noyabr kuni finalda Eron bilan öynadi.


Birinçi bölimda Fabio Kannavaro şogirdlarining biroz ustunligi sezilib turdi. Ammo Otabek Şukurov, Oston Örunov va Eldor Şomurodov qulay vaziyatlardan foydalana olmadi.


Ikkinçi bölim teng kuraşlar ostida ötdi. 72-daqiqada himoyaçi Abduqodir Husanov darvozabon bilan yakkama-yakka çiqib borayotgan eronlik futbolçini töxtatib qolgani uçun maydondan çetlatildi. Şundan söng, eronliklar töliq taşabbusga ega böldi, ammo Özbekiston darvozasiga yöl topolmadi.

Penaltilar seriyasida Özbekiston milliy jamoasi 4:3 hisobida ğalaba qozondi.

17 noyabr kuni ötkazilgan uçinçi örin uçun bahsda Misr va Kabo-Verde töqnaş keldi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida misrliklar 2:0 hisobida ğalaba qozondi.


Al-Ain Cup 2025. Final
18 noyabr, Abu Dabi, «Raşid Al Maktum» stadioni
Özbekiston - Eron 0:0 (pen. 4:3)

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: