Özbekiston örtoqlik öyinida Muhammad Saloh sardorligidagi Misrni mağlub etdi

Birlaşgan Arab Amirliklarning Abu-Dabi şahrida 4 ta milliy jamoa iştirokida Al Ain Cup xalqaro turniri ötkazilmoqda.
Özbekiston milliy jamoasi 14 noyabr kuni yarimfinalda Misr bilan öynadi va 2:0 hisobida ğalaba qozondi.
Ikkala gol ham Oston Örunov tomonidan urildi. 4-daqiqada u çaqqon harakatlar bilan misrlik himoyaçilar orasidan ötib, qulay vaziyatga çiqdi va darvozani işğol etdi. 43-daqiqada Otabek Şukurov oşirgan töpni egallab olib, darvozabonni ham aldab ötib, gol urişga erişdi.
Ikkinçi bölimda Misr töp nazoratida ustunlik qildi. Biroq, darvozabon Abduvohid Nematov bir neça vaziyatda işonçli harakat qilib, muhim seyvlarni amalga oşirdi.
Bu ğalaba Fabio Kannavaro şogirdlariga turnir finaliga çiqiş imkonini berdi.
Avvalroq, dastlabki yarimfinalda Eron va Kabo-Verde töqnaş kelgan edi. Öyinda hisob oçilmadi, penaltilar seriyasida eronliklar ğalaba qozondi.
18 noyabr kuni musobaqa finali bölib ötadi. Unda Eron va Özbekiston töqnaş keladi. 17 noyabr kuni uçinçi örin uçun bahsda Kabo-Verde va Misr öynaydi.
Al Ain Cup – 2025, 1/2 final
14 noyabr, Abu-Dabi, «Hazza bin Zayd» stadioni
ÖZBEKISTON – MISR 2:0
Gollar: Oston Örunov (3, 44)
Özbekiston: Abduvohid Nematov, Abduqodir Husanov, Hojiakbar Alijonov (Farruh Sayfiyev 89), Otabek Şukurov (Dostonbek Hamdamov 69), Odil Hamrobekov, Aziz Ğaniyev (Akmal Mozgovoy 53), Oston Örunov (Hojimat Erkinov 53), Şerzod Nasrullayev, Eldor Şomurodov, Abdulla Abdullayev, Husniddin Aliqulov (Rustam Aşurmatov 89).