Niderlandiya JÇ tarixidagi noyob rekordni örnatdi
Niderlandiya milliy terma jamoasi futbol tarixida ketma-ket uçta Jahon çempionatida asosiy yoki qöşimça vaqtda birorta ham öyinda mağlub bölmasdan musobaqani tark etgan ilk jamoaga aylandi.
2026 yilgi FIFA Jahon çempionati 1/16 final bosqiçida Niderlandiya Marokaşga penaltilar seriyasida 3:2 hisobida mağlubiyatga uçradi va mundial bilan xayrlaşdi.
Sönggi uçta mundial – 2014, 2022 va 2026 yilgi Jahon çempionatlarida niderlandlar guruh bosqiçi hamda pley-off bahslarida asosiy yoki qöşimça vaqtda mağlubiyatga uçramadi. Jamoaning uşbu turnirlardagi barça çiqib ketişlari faqat penaltilar seriyasida yuz berdi.
2014 yilgi Jahon çempionati yarim finalida Niderlandiya Argentina bilan 0:0 hisobida durang öynab, penaltilar seriyasida 2:4 hisobida mağlub bölgan edi.
2022 yilgi mundialda esa yana Argentina bilan çorak finalda 2:2 hisobidagi durangdan söng penaltilar seriyasida 3:4 hisobida imkoniyatni boy bergan.
2026 yilgi Jahon çempionatida ham Niderlandiya asosiy va qöşimça vaqtda mağlub bölmagan holda musobaqa bilan xayrlaşdi.
Qiziği şundaki, Niderlandiya milliy terma jamoasi Jahon çempionatida asosiy vaqtda sönggi bor 2006 yilda mağlub bölgan. Öşanda jamoa 1/8 finalda Portugaliyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Şu tariqa, niderlandlar qariyb yigirma yil davomida Jahon çempionatlarida asosiy vaqtida mağlub bölmagan holda öziga xos tarixiy natija qayd etdi.