USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Futbolçilardan ayb qidiriş xalqimizga xos iş emas – Şavkat Mirziyoyev

156 марта
Футболчилардан айб қидириш халқимизга хос иш эмас – Шавкат Мирзиёев

Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi Jahon çempionatidagi iştirokiga munosabat bildirib, futbolçilarni tanqid qiliş emas, aksinça, ularni qöllab-quvvatlaş muhimligini aytdi. Bu haqda Şavkat Mirziyoyev bugun, 30 iyun kuni yoşlar bilan uçraşuv çoğida söz oçdi.

“Milliy jamoamizning AQŞ va Meksika maydonlaridagi öyinlarini butun xalqimiz bilan bir tan-u, bir jon bölib, katta his-hayajon bilan kuzatib bordik. Futbolçilarimiz FIFA reytingida 5-örinda turgan Portugaliya, 13-örindagi Kolumbiya hamda köplab futbolçilari Yevropaning yetakçi klublarida töp suradigan Kongo terma jamoalari bilan ötkazilgan öyinlar orqali öziga tajriba orttirdi, mundial nafasini his qildi desak, töğri böladi. Abbos Fayzullayev va Eldor Şomurodov jahon çempionatidagi ilk gollarini kiritib, xalqimizga xursandçilik bağişladi”, deydi Şavkat Mirziyoyev.

Şuningdek, davlat rahbari terma jamoaning mundialdagi iştiroki yuzasidan turli fikrlar bildirilayotganini qayd etar ekan, mamlakat şarafini himoya qilgan futbolçilarga nisbatan ortiqça tanqidlar örinsizligini bildirgan.

“Lekin vatanimiz şarafini himoya qilgan terma jamoamiz azolariga ortiqça his-tuyğu bilan etiroz bildiriş, ulardan ayb qidiriş xalqimizga xos iş emas. Aksinça, bugun ularni qöllab-quvvatlaş, ruhini kötariş har qaçongidan ham muhim”, deydi Prezident.

Bundan taşqari, Şavkat Mirziyoyev katta ğalabalar hali oldinda ekani, buning uçun futbolni rivojlantirişga yanada keng şaroitlar yaratilişi, bu sohaga investitsiya köpaytirilişi takidlagan. Eng avvalo, bolalar futboliga etibor kuçaytirilib, mazkur sport umummilliy harakatga aylantirilişi va kelasi yilning yanvarida Saudiya Arabistoni maydonlarida ötkaziladigan futbol böyiça Osiyo kubogiga tayyorgarlik hozirdan boşlanişi aytib ötilgan.

“Biz jamoamizga işonamiz va uşbu musobaqada ham butun xalqimiz bilan qöllab-quvvatlaymiz!” deydi Prezident.

Eslatib ötamiz, Özbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionati “K” guruhida Kolumbiyaga 1:3, Portugaliyaga 0:5 va Kongo Demokratik Respublikasiga 1:3 hisobida mağlub bölib, musobaqani guruh bosqiçidayoq yakunlagan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: