USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼ USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ Bosniya va Gertsegovinani mağlub etib, 1/8 finalga yöl oldi

90 марта
АҚШ Босния ва Герцеговинани мағлуб этиб, 1/8 финалга йўл олди

Bugun, 2 iyul kuni AQŞ terma jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionati 1/16 finalida Bosniya va Gertsegovinani 2:0 hisobida mağlub etdi. Natijada turnir mezbonlari nimçorak final bosqiçiga yöl oldi.

Uçraşuv AQŞning Kaliforniya ştati, Santa-Klara şahrida bölib ötdi. Qöşma Ştatlar terma jamoasi safida Folarin Balogun 45-daqiqada, Malik Tillman esa 82-daqiqada gol urdi. Uçraşuvning 64-daqiqasida Balogun töğridan-töğri qizil kartoçka oldi. Boş hakam Rafael Klaus qaror çiqarişdan avval VAR yordamiga murojaat qildi.

Şu tariqa, Balogun Jahon çempionati pley-off bahsida ham gol urgan, ham maydondan çetlatilgan törtinçi futbolçiga aylandi. Undan avval bu natijaga Garrinça, Ronaldino va Zinedin Zidan erişgan edi.

AQŞ terma jamoasi 24 yildan söng ilk bor Jahon çempionati pley-offining dastlabki bosqiçidan muvaffaqiyatli ötdi. Qatarda bölib ötgan sönggi mundialda amerikaliklar 1/8 finalda mağlub bölgan edi. Ungaça jamoa 2018 yilgi mundialga yöllanma ololmagan, 2010 va 2014 yillarda 1/8 finalda mağlub bölgan, 2006 yilda guruh bosqiçidan çiqa olmagan, 2002 yilda esa çorak finalgaça yetib borgan.

Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi Jahon çempionatida ikkinçi marta qatnaşdi va öz tarixida ilk bor pley-off bosqiçiga çiqdi. 2014 yil Braziliyada ötgan mundialda bosniyaliklar guruh bosqiçini uçinçi örinda yakunlagan edi.

Endi AQŞ terma jamoasi 1/8 finalda Senegalni mağlub etgan Belgiya milliy jamoasiga qarşi maydonga tuşadi. Uşbu uçraşuv joriy yilning 7 iyul kuni Sietl şahrida bölib ötadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: