USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonlik tennisçilar Uimbldondagi iştirokini boşladi

94 марта
Ўзбекистонлик теннисчилар Уимблдондаги иштирокини бошлади

Özbekiston şarafini himoya qilayotgan tennisçilar “Katta dubulğa” turkumiga kiruvçi Uimbldon turnirining birinçi bosqiçida iştirok etişdi. Kun yakunida  ikki ğalaba va bir mağlubiyat qayd etildi.

Mamlakatning birinçi raketkasi Kamilla Rahimova dunyoning 66-raqamli tennisçisi, ukraynalik Anna Kalininani irodali tarzda mağlub etdi. Rahimova birinçi setda 4:6 hisobida imkoniyatni boy berganiga qaramay, keyingi ikki setda yuqori saviyadagi öyin namoyiş etib, 6:4 va 7:5 hisoblarida ğalaba qozondi.

Yana bir özbekistonlik tennisçi Mariya Timofeyeva ham muvaffaqiyatli start oldi. U Braziliyaning tajribali tennisçisi Beatris Haddad Mayyani 6:3, 6:2 hisobida mağlub etib, ikkinçi bosqiç yöllanmasini qölga kiritdi.

Bu ğalaba Mariya uçun faoliyatidagi eng muhim yutuqlardan biri böldi. Uning raqibasi Beatris Haddad Mayya sobiq dunyoning 10-raqamli tennisçisi bölib, Braziliya tarixida WTA reytingining top-10 taligiga kirgan ilk ayol tennisçi hisoblanadi. Şuningdek, u faoliyati davomida yakkalik bahslarida tört, juftlik bahslarida esa sakkizta WTA çempionligini qölga kiritgan. 

Rahimova va Timofeyeva mazkur ğalabalari orqali ikkinçi bosqiçga çiqiş bilan birga 70 WTA reyting oçkosi hamda 126 ming funt sterling (taxminan 166 ming AQŞ dollari) miqdoridagi mukofot pulini ham kafolatladi.

Polina Kudermetova esa birinçi bosqiçda dunyoning kuçli tennisçilaridan biri, rossiyalik Lyudmila Samsonovaga qarşi bahs olib bordi. Uçraşuvda Samsonova 6:3, 6:3 hisobida ğalaba qozonib, keyingi bosqiçga yöl oldi. Şu tariqa, Polina Kudermetova uçun mavsumdagi uçinçi “Katta dubulğa” turniri ham öz nihoyasiga yetdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: