Özbekistonning JÇdagi öyini Qozoğistonda rekord örnatdi
2026 yilgi Jahon çempionati guruh bosqiçidagi Portugaliya va Özbekiston terma jamoalari örtasidagi bahs Qozoğistonda turnirning eng yuqori reyting qayd etgan teletranslatsiyasi böldi. Bu haqda “Qazsport” xabar berdi.
“Qazsport” telekanali orqali jonli efirda namoyiş etilgan Portugaliya – Özbekiston uçraşuvi turnir doirasidagi barça translyatsiyalar orasida eng yuqori reytingni qayd etgan.
“K Researç Central Asia” malumotlariga köra, uçraşuvni televideniye va raqamli platformalar orqali qariyb 2 million nafar tomoşabin kuzatgan. Translyatsiyaning televizion reytingi 4,76 foiz, tomoşabinlar uluşi esa 45,1 foizni taşkil etgan.
Jahon çempionatining eng köp tomoşa qilingan beşta uçraşuvi quyidagiça:
- Portugaliya – Özbekiston: reyting 4,76%, uluş 45,1% (1 680 161 nafar tomoşabin);
- Portugaliya – Kongo Demokratik Respublikasi: reyting 3,61%, uluş 37,8%;
- Argentina – Avstriya: reyting 3,42%, uluş 33,5%;
- Ispaniya – Kabo-Verde: reyting 2,88%, uluş 24,1%;
- Germaniya – Kyurasao: reyting 2,86%, uluş 32,5%.
Eslatib ötamiz, Portugaliya va Özbekiston örtasidagi bahs portugaliyaliklarning 5:0 hisobidagi yirik ğalabasi bilan yakunlangan. Uçraşuvda Kriştianu Ronaldu dubl muallifi bölgandi.