Messi “Oltin töp” uçun asosiy favoritga aylandi – OAV
2026 yilgi Jahon çempionati guruh bosqiçi yakunlanganidan söng “The Athletic” naşri “Oltin töp” uçun asosiy davogarlar reytingini elon qildi. Naşr ekspertlarining fikriga köra, Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi hozirça eng asosiy favoritga aylangan.
Takidlanişiça, Messi mundialda 6 ta gol bilan töpurarlar poygasida peşqadam bölib turişi va Argentina terma jamoasining turnirda çempion bölişi ehtimoli Messining “Oltin töp” uçun imkoniyatlarini oşirgan.
Naşrning qayd etişiça, Jahon çempionatining pley-off bosqiçidagi öyinlari va ayniqsa 19 iyul kuni bölib ötadigan final bahsi “Oltin töp” sohibini aniqlaşda hal qiluvçi ahamiyat kasb etişi mumkin.
Şuningdek, tarixda ilk bor “Oltin töp”ni topşiriş marosimi Frantsiya poytaxti Parijda emas, balki Angliyaning London şahrida ötkaziladi. Marosim 2026 yil 26 oktyabr kuni bölib ötişi rejalaştirilgan.
“The Athletic” talqiniga köra, 2026 yilgi “Oltin töp” uçun asosiy 10 davogar:
- Lionel Messi (“Inter Mayami”, Argentina);
- Kilian Mbappe (“Real Madrid”, Frantsiya);
- Usmon Dembele (PSJ, Frantsiya);
- Vinisius Junior (“Real Madrid”, Braziliya);
- Harri Keyn (“Bavariya”, Angliya);
- Maykl Olise (“Bavariya”, Frantsiya);
- Lamin Yamal (“Barselona”, Ispaniya);
- Erling Holand (“Mançester Siti”, Norvegiya);
- Deklan Rays (“Arsenal”, Angliya);
- Luis Dias (“Bavariya”, Kolumbiya).