Mahrez terma jamoadagi faoliyatini yakunladi
Jazoir milliy terma jamoasi yarim himoyaçisi va sardori Riyod Mahrez 2026 yilgi Jahon çempionatidan çiqib ketilganidan söng milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini elon qildi. Bu haqda futbolçining sözlariga tayanib, “beIN SPORTS” naşri xabar berdi.
Bugun, 3 iyul kuni Jahon çempionati 1/16 final bosqiçida Jazoir Şveytsariyaga 2:0 hisobida mağlub bölib, musobaqani tark etdi. 35 yoşli Mahrez uçraşuvni asosiy tarkibda boşlab, 71 daqiqa maydonda harakat qildi.
“Men milliy terma jamoadagi sönggi öyinimni ötkazdim. Bu biz ğalaba qozonişimiz mumkin bölgan uçraşuv edi. Ammo xatolarimiz tufayli ikkita gol ötkazib yubordik”, deydi futbolçi.
Mahrez 2014 yildan buyon Jazoir milliy terma jamoasi şarafini himoya qilib kelgan. Şu vaqt mobaynida u 119 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 40 ta gol urgan va 45 ta golli uzatmani amalga oşirgan. Şuningdek, u 2019 yilda terma jamoa bilan Afrika Millatlar kubogida ğolib çiqqan.
Klublar miqyosida Mahrez Angliya Premer-ligasidagi faoliyati bilan tanilgan. U 2015-2016 yilgi mavsumda “Lester Siti” bilan Angliya çempioni bölgan. Ayni vaqtda Mahrez Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubida töp surmoqda.