USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

FIFA Rivaldo sabab “Bunyodkor”ga transfer taqiqi qöydi

164 марта
FIFA Ривалдо сабаб “Бунёдкор”га трансфер тақиқи қўйди

Rivaldo bilan hisob-kitob qilinmaguniça “Bunyodkor” futbol klubi yangi futbolçilarni röyxatdan ötkaza olmaydi. Bu haqda FIFA’ning 23 iyundagi qaroriga tayanib, Özbekiston Professional futbol ligasi xabar berdi.

Malum qilinişiça, Özbekiston Futbol assotsiatsiya keça, 2 iyul kuni mazkur taqiq haqida Ligani rasman ogohlantirgan.

Avvalroq, “Bunyodkor” braziliyalik sobiq futbolçisi oldida yuzaga kelgan qarzdorlikni rasman tan olib, keyinçalik uni beş yil davomida bosqiçma-bosqiç tölab boriş yuzasidan Rivaldo bilan kelişuvga erişgandi.

Qayd etilişiça, 2024 va 2025 yilgi mavsumlar davomida klub beş yillik kelişuv doirasidagi majburiyatlarini bajargan. Biroq 2026 yilga kelib, klub tasisçisi va boş homiysi hisoblangan “Özbekneftgaz” AJ “Bunyodkor” futbol klubini moliyalaştirişni töxtatgaç, klub joriy yilning may oyiga qadar amalga oşirilişi kerak bölgan qarzdorlikning navbatdagi tölovini bajara olmagan.

Şundan söng Rivaldo FIFA’ga qayta şikoyat kiritgan. Qöşimçasiga, “Bunyodkor” bilan tuzilgan beş yillik kelişuv şartlari va unda nazarda tutilgan çegirmalar ham bekor qilingan.

Özbekistonda yozgi transfer oynasi 10 avgustga qadar davom etadi. PFLning xabar berişiça, endilikda “Bunyodkor” yangi futbolçilarni Liga röyxatidan ötkaza olmaydi. Klub mavjud futbolçilar bilan mavsumni yakunlaşi, şuningdek, taqiq kuçga kirguniga qadar “Bunyodkor” akademiyasi tarbiyalanuvçisi sifatida FIFA röyxatida mavjud bölgan yoş futbolçilarnigina keyinçalik öz qaydnomasiga qöşişi mumkin böladi.

Şuningdek, joriy yilning 23 iyun sanasidan keyin “Bunyodkor” futbol akademiyasiga qabul qilingan yoş futbolçilar ham mazkur taqiq doirasida klub uçun röyxatdan öta olmaydi.

Eslatib ötamiz, avvalroq QALAMPIR.UZ mazkur qarz masalasidagi klub va Rivaldo örtasidagi mojaro haqida batafsil maqola elon qilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: