Ronaldu JÇ bilan xayrlaşdi. Ispaniya 1/4 finalga çiqdi
Bugun, 7 iyul kuni Ispaniya milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionati 1/8 final bosqiçida Portugaliyani 1:0 hisobida mağlub etdi. Natijada ispanlar çorak finalga yöl oldi.
Texas ştatining Arlington şahrida bölib ötgan uçraşuvda yagona golga uçraşuvning asosiy vaqtiga qöşib berilgan, 90+1 daqiqada Mikel Merino mualliflik qildi. Şu tariqa, Ronaldu boşçiligidagi Portugaliya terma jamoasi mundialdagi yurişini nimçorak finalda yakunladi.
Endilikda Ispaniya terma jamoasi çorak finalda AQŞ hamda Belgiya örtasidagi bahs ğolibi bilan kuç sinaşadi.
Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Unai Simon Jahon çempionatlari tarixida gol ötkazib yubormaslik böyiça özining rekord seriyasini 609 daqiqaga yetkazdi. Uning seriyasi 2022 yilgi Jahon çempionati guruh bosqiçining sönggi uçraşuvidan buyon davom etmoqda. Şuningdek, Ispaniya joriy mundialda haligaça öz darvozasidan gol ötkazmagan yagona jamoa bölib qolmoqda.