Frantsiya kiçik hisobdagi ğalaba bilan 1/4 finalga çiqdi
Bugun, 5 iyul kuni Frantsiya milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionati 1/8 final bosqiçida Paragvayni 1:0 hisobida mağlub etib, çorak finalga yöl oldi.
AQŞning Pensilvaniya ştati, Filadelfiya şahrida bölib ötgan uçraşuvda özbekistonlik hakam Ilgiz Tantaşev boşçiligidagi hakamlar brigadasi boşqarib bordi. Öyindagi yagona golga 70-daqiqada Kilian Mbappe penaltidan mualliflik qildi.
Endilikda Frantsiya milliy terma jamoasi çorak finalda Marokaşga qarşi maydonga tuşadi. Uşbu bahs joriy yilning 9 iyul kuni bölib ötadi.
Malumot uçun, Frantsiya ketma-ket törtinçi bor Jahon çempionati çorak finaliga çiqdi. “Uçranglilar” sönggi marta 2010 yilgi mundialda guruh bosqiçidan öta olmagan edi.
Paragvay esa 2010 yildan buyon ilk bor Jahon çempionati pley-off bosqiçiga çiqişga muvaffaq böldi. Öşanda janubiy amerikaliklar çorak finalgaça yetib borgan bölib, bu hozirgaça milliy terma jamoaning mundiallar tarixidagi eng yaxşi natijasi hisoblanadi.