Özbekistonning guruhdoşi Kolumbiya ham nimçorak finalga çiqdi
Bugun, 4 iyul kuni Kolumbiya milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionati 1/16 final bosqiçida Ganani 1:0 hisobida mağlub etib, keyingi bosqiçga yöl oldi.
Kanzas-Siti şahrida bölib ötgan uçraşuvdagi yagona golga 14-daqiqada Jon Arias mualliflik qildi.
Şu tariqa kolumbiyaliklar minimal hisobdagi ğalaba evaziga 1/8 finalga çiqqan sönggi jamoaga aylandi. Janubiy amerikaliklarning keyingi raqibi 1/16 finalda Jazoirni 2:0 hisobida mağlub etgan Şveytsariya böladi. Mazkur uçraşuv joriy yilning 7 iyul kuni Vankuver şahrida ötkaziladi.
Malumot uçun, Kolumbiya milliy terma jamoasi guruh bosqiçida Özbekiston, Portugaliya va Kongo Demokratik Respublikasi bilan bir guruhdan joy olgan edi. Janubiy amerikaliklar ikki ğalaba va bir durang qayd etib, 7 oçko bilan “K” guruhida birinçi örinni egallagan holda 1/16 finalga yöl oldi. Kolumbiya guruh bosqiçida Özbekiston milliy terma jamoasini 3:1 hisobida mağlub etgan edi.