Misr penaltilar seriyasida ğalaba qozonib, 1/8 finalga çiqdi
Bugun, 4 iyul kuni Misr milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionati 1/16 final bosqiçida Avstraliyani penaltilar seriyasida mağlub etib, keyingi bosqiçga yöl oldi.
Uçraşuvning asosiy va qöşimça vaqtlari 1:1 hisobida yakunlandi. Misr terma jamoasining yagona goliga 13-daqiqada Imom Aşur mualliflik qildi. Avstraliya esa 55-daqiqada Muhammad Hani öz darvozasiga töp kiritib qöyganidan söng hisobni tenglaştirdi. Penaltilar seriyasida esa misrliklar 4:2 hisobida ustun keldi.
Misr “G” guruhida ikkinçi, Avstraliya esa “D” guruhida ikkinçi örinni egallagan holda pley-offga çiqqan edi. 1/8 finalda endi Misr Argentina hamda Kabo-Verde örtasidagi uçraşuv ğolibi bilan bahs olib boradi. Uşbu öyin joriy yilning 7 iyul kuni Atlanta şahrida bölib ötadi.
Malumot uçun, 2026 yilgi Jahon çempionati AQŞ, Kanada va Meksika mezbonligida ötkazilmoqda. Musobaqa joriy yilning 19 iyul kuni öz yakuniga yetadi.