Şveytsariya Jazoirni mağlub etib, 1/8 bosqiçga yöl oldi
Bugun, 3 iyul kuni Şveytsariya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionati 1/16 finalida Jazoirni 2:0 hisobida mağlub etdi. Natijada şveytsariyaliklar musobaqaning nimçorak final bosqiçiga çiqdi.
Vankuver şahrida bölib ötgan uçraşuvda Şveytsariyaning ğalaba gollarini Bril Embolo 10-daqiqada hamda Dan Ndoye 46-daqiqada kiritdi.
Şu tariqa, şveytsariyaliklar tarixda uçinçi marta mundialning çorak finali yöllanmasini qölga kiritiş imkoniyatini saqlab qoldi. Bunga qadar ular pley-offda faqat 1934 va 1938 yillarda ğalaba qozongan edi.
Endi Şveytsariya 1/8 finalda Kolumbiya – Gana juftligi ğolibi bilan bahs olib boradi. Uçraşuv joriy yilning 7 iyul kuni bölib ötadi.
Jazoir esa 1/16 finalda musobaqani tark etgan beşinçi Afrika vakiliga aylandi. Avvalroq, Janubiy Afrika, Senegal, Kot-d’Ivuar va Kongo Demokratik Respublikasi ham pley-offning ilk bosqiçida mağlub bölgan edi. Ayni paytda Kabo-Verde, Misr va Gana öz bahslarini endi ötkazadi. Marokaş esa hozirça keyingi bosqiçga çiqqan yagona Afrika terma jamoasi bölib turibdi.