USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Trampning yordamiga qaramay, AQŞ mundialni tark etdi

225 марта
Трампнинг ёрдамига қарамай, АҚШ мундиални тарк этди

Bugun, 7 iyul kuni Belgiya milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionati 1/8 final bosqiçida AQŞni 4:1 hisobida mağlub etdi. Natijada belgiyaliklar çorak finalga yöl oldi AQŞ esa mundialni tark etdi.

Sietl şahrida bölib ötgan uçraşuvda belgiyaliklar safida Şarl de Ketelare 9 va 33-daqiqalarda dubl qayd etdi. Şuningdek, Xans Vanaken 57-daqiqada, Romelu Lukaku esa 90+3-daqiqada gol urdi. AQŞning yagona goliga Malik Tillman 31-daqiqada mualliflik qildi.

AQŞ terma jamoasi hujumçisi Folarin Balogun uçraşuvni asosiy tarkibda boşladi. U Bosniya va Gertsegovinaga qarşi avvalgi bahsda (2:0) qizil kartoçka olgan edi. Biroq FIFA Intizom qömitasi uning bir öyinlik diskvalifikatsiyasini bekor qilib, maydonga tuşişiga ruxsat berdi. 

Xabarlarga köra, bu jarayonga AQŞ Prezidenti Donald Trampning şaxsan özi aralaşgan. Biroq, şunga qaramay mezbonlar nimçorak finalda turnir bilan xayrlaşişga majbur böldi.

Endilikda Belgiya terma jamoasi çorak finalda Ispaniyaga qarşi maydonga tuşadi. Uçraşuv joriy yilning 10 iyul kuni bölib ötadi.

Belgiya öz tarixida törtinçi marta Jahon çempionati çorak finaliga çiqdi. Jamoa 1986 yilgi mundialda törtinçi örinni egallagan, 2014 yilda çorak finalda musobaqani tark etgan, 2018 yilda esa uçinçi örin sohibi bölgan. 2022 yilgi Jahon çempionatida esa belgiyaliklar guruh bosqiçidan öta olmagan edi.

AQŞ terma jamoasi esa 2002 yildan beri ilk bor Jahon çempionati çorak finaliga çiqiş imkoniyatini qöldan çiqardi. Şuningdek, amerikaliklar 2010 yildan buyon törtinçi marta 1/8 final bosqiçida musobaqa bilan xayrlaşdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: