Mbappe 500 million yevroga “Liverpul”ga ötişi mumkin edi – Klopp
Angliyaning “Liverpul” klubi 2017 yilda Frantsiya terma jamoasi hujumçisi Kilian Mbappeni “Monako”dan öz safiga qöşib olişga uringan. Bu haqda Yurgen Klopp malum qildi.
Germaniyalik mutaxassisning aytişiça, tomonlar örtasidagi muzokaralar juda maxfiy tarzda olib borilgan.
“Bu, ehtimol, 500 million yevroga tuşardi. Bu futbol tarixida amalga oşmay qolgan eng qimmat transfer bölardi. Biz Blekpuldan Nitstsaga uçdik. U yerda butun Mbappe oilasi beş örinli xususiy samolyotga çiqdi. Keyin havoda aylanib, mazali tuşlik qildik. Bizni heç kim körmadi. Hammasi ajoyib ötdi. Ammo oxir-oqibat u “Pari Sen-Jermen”ga ötişni tanladi”, deydi Klopp.
2017 yilning yozida Mbappe dastlab ijara asosida “Monako”dan “Pari Sen-Jermen”ga ötgan. Keyinçalik Parij klubi uni “Transfermarkt” malumotlariga köra, 180 million yevro evaziga töliq sotib olgan.
Malumot uçun, ayni paytda 27 yoşli Kilian Mbappe Madridning “Real” klubi şarafini himoya qilmoqda.